
"Surxon" murabbiyi "Navbahor"da faoliyatini davom ettirish arafasida. U Babayan bilan jamoani yoshartirishi kutilmoqda
"Surxon" murabbiylaridan biri Sergey Tokov Namanganning "Navbahor" jamoasida ish boshlash arafasida turibdi. SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev bu haqida o‘z telegram kanalida quyidagicha xabar qoldirdi.
"Surxon" jamoasi bilan shov-shuv ko‘targan Sergey Tokov faoliyatini "Navbahor"da davom ettirishga yaqin. U Samvel Babayan bilan birgalikda jamoani yoshartirish missiyasida ishtirok etadi.
Bugungi "Olimpik"ning suyagi muallifi sanalgan mutaxassis "Navbahor"ning yangi erasiga asos solishi mumkin. Kuzatamiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar