
“Surxon” muxlislari boshqa markaziy o‘yinlarga kelgan ishqibozlarni ortda qoldirishdi
23-24 noyabr kunlari Superligada 24-tur o‘yinlari o‘tkazildi. SPORTS.uz sayti an’anasiga sodiq holda tur muxlislariga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Tur o‘yinlariga jami 21924 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu bir uchrashuvga o‘rtacha 3132ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Termizdagi “Surxon” – “So‘g‘diyona” bellashuvida qayd etildi - 6223.
E’tiborlisi, turning yana boshqa markaziy qarama-qarshiliklari “Nasaf” – “Paxtakor” bahsini 5482, “Bunyodkor” – “Navbahor” uchrashuvini 1045 ishqiboz stadiondan tomosha qildi xolos.
Eng kam ishqibozlar Toshkent viloyatida. “Metallurg” – “Dinamo” bahsini ko‘rish uchun 852 tomoshabin o‘yingohga tushdi.
Quyida 24-turda eng ko‘p muxlislar tashrif buyurgan o‘yinlar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:
SURXON – SO‘G‘DIYoNA 1:0. 6223 tomoshabin
NASAF – PAXTAKOR 1:2. 5482 tomoshabin
QIZILQUM – BUXORO 1:1. 3222 tomoshabin
ANDIJON – LOKOMOTIV 0:4. 2550 tomoshabin
QO‘QON-1912 – AGMK 1:3. 2550 tomoshabin
BUNYoDKOR – NAVBAHOR 2:1. 1045 tomoshabin
METALLURG – DINAMO 5:0. 852 tomoshabin
Fikrlar