"Surxon" o‘zaro uchrashuvlarda "Lokomotiv"ni mag‘lub eta olmagan. Termizliklar bugun ushbu noxush an’anaga barham bera oladimi?

  • 6 iyul, 2020, 18:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Coca Cola Superligasining 8-tur bahslariga start beriladi. “Lokomotiv” o‘z maydonida Termizning “Surxon” klubini qabul qiladi. "Loko" matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Uchrashuv aslida Termizda o‘tkazilishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sababli Toshkentga ko‘chirilganidan xabaringiz bor. Musobaqa jadvalida “Lokomotiv” 9 ochko bilan 8-o‘rinda boryapti. To‘plar nisbati 9-10. “Surxon” esa 4 ochko to‘plagan holda 12-o‘rinni egallab turibdi. “Surxon”da to‘plar nisbati 7-15.

Karantindan so‘ng ketma-ket 3ta mag‘lubiyat qabul qilib olgan «Loko» o‘tgan turda g‘alabaga erishdi. “Temiryo‘lchilar” uyda “Qizilqum” ustidan 3:0 hisobida zafar quchishdi. Avazbek O‘lmasaliyev, Kirill Pogrebnyak va Diyor Turopov tomonidan kiritilgan gollar «Loko»ga bu yilgi Superligada uchinchi g‘alabani taqdim etdi. Avvalgi ikkita g‘alaba ham uyda “Andijon” va “Buxoro” ustidan qo‘lga kiritilgandi.

“Surxon” esa aksincha 3-turdan beri g‘alaba qozona olmayapti. Termizliklar bir bor durang o‘ynab to‘rtta bellashuvda imkoniyatni boy berishdi. Xususan jamoa oxirgi 3 o‘yinda faqat mag‘lub bo‘ldi. Bu mag‘lubiyatlar AGMK, “Qo‘qon-1912” va “Paxtakor” bilan kechgan bahslarda qayd etildi.

Bugungi uchrashuv “Lokomotiv” uchun o‘z maydonidagi 6-o‘yin bo‘ladi. Avvalgi beshta bahsning uchtasida g‘alaba qozongan “temiryo‘lchilar” ikki marta mag‘lub bo‘lishgan. “Surxon” esa bugun safarda beshinchi bor maydonga tushadi. Bu jamoa hozircha safarda bir marta yutuqqa erishgan: Navoiyda “Qizilqum” 2:1 hisobida mag‘lub etilgan.

"Lokomotiv" o‘zaro uchrashuvlarda "Surxon"ga mag‘lub bo‘lmagan.

photo_2020-07-06_12-28-48

“Lokomotiv” - “Surxon” uchrashuvini soat 19:00dan boshlab “Mahalla” TVda to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!