
"Surxon" penaltidan foydalana olmagan o‘yinda durang o‘ynadi. Tarkibda esa yangi legionerlar bor
Bugun “Surxon” klubi Turkiyaning Antaliya shahridagi dastlabki nazorat uchrashuvini Kosovoning “Ballkani” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
“Surxon”ning asosiy tarkibi: Vladimir Nazarov, Aziz Pirmuhammedov, Nodirxon Ne’matxonov, Dushan Rastich, Sunnat Hamidjonov, Bobur Asqarov, Diyor Ramazonov, Dmitriy Pletnyov, Sarvar Abduhamidov, Asilbek Jumaev, Ulug‘bek Hoshimov.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Davron Merganov, Behruz Shaydulov, Abduqodir Amirqulov, Egor Krimets, Sardor Mahmudov, Xumoyun Sherbo‘taev, Asadbek Karimov, Doston Tursunov, Muhammad-Ali Abdurahmonov, Abdug‘ofur Haydarov.
Tarkibga e’tibor bergan bo‘lsangiz, termizliklar safida ikki nafar legioner –Dushan Rastich va Dmitriy Pletnyov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan va hozirda ular ko‘rikdan o‘tishmoqda.
12-daqiqada Rastich gol urgandi, ammo ofsayd deb topildi va inobatga olinmadi. 84-daqiqada esa Asadbek Karimov penaltidan foydalan olmadi. Natijada uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0.
Fikrlar