“Surxon” tarkibida bir qator o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

  • 9 iyul, 2019, 14:05
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Birinchi davra o‘z yakuniga etgandan so‘ng, "Surxon" klubi asosiy tarkibning deyarli barcha futbolchilariga dam olish imkoniyati berilgan edi. O‘zbekiston Liga kubogi musobaqasida esa yoshlar jamoasiga imkoniyat yaratib berildi. Bugundan “Surxon” jamoasi Toshkentda ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Hozircha, birinchi davrada harakat qilgan barcha futbolchilar jamoa bilan birga. Reja doirasida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish rejalashtirilgan. Tarkibda bir qator o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Legionerlar Darko Stanoevich va Vladimir Bubanya Serbiyada. Ularga biroz ko‘proq dam olish imkoniyati berilgan. Tez kunlarda legionerlar jamoa mashg‘ulotlariga kelib qo‘shiladilar. Shavkat Salomov va Sherzodbek Karimov shu kunlarda jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilishlari kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
09/07/2019 20:15
Яхши ӯзгаришлар кутамиз
&
Holis
09/07/2019 19:27
Qôshnilarga omad.
&
Surxon turon
09/07/2019 20:16
Рахмат
&
Holis
09/07/2019 19:26
Qôshnilarga omad.
Murod Panjiev
09/07/2019 18:12
Сурхонга яна 6 та яхши уйинчи булса булди учинчи урин учун курашарди