"Surxon" ustozi: Darko tomonidan kiritilgan gol sovuqda kelgan muxlislarga sovg‘a bo‘ldi
Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “So‘g‘diyona” (1:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, mezbonlar bosh murabbiyi Vladimir Andreev o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Sovuq ob-havo bo‘lishiga qaramasdan, stadionga kelib, jamoamizni qo‘llab-quvaatlagan muxlislarga rahmat aytaman.
Yigitlarimizni o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori edi. Ular «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etishiga ishonib, maydonda harakat qildi. Ularga ham rahmat. O‘yinda ko‘rpoq ustunlikga ega bo‘ldilar.
Darko tomonidan kiritilgan gol esa sovuqda kelgan muxlislarga sovg‘a bo‘ldi. Legionerlarning mana shunaqa muhim o‘yinlarda katta sahnaga chiqishi bu - yaxshi. Maqsadimiz - oxirgi ikki o‘yinda ham g‘alaba qozonish dedi, - «Surxon» jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Andreev.

Fikrlar