"Surxon" yig‘inga kirishdi. Legionerlar qachon safga qo‘shiladi?

  • 6 yanvar, 2020, 17:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2019-yilgi mavsumni Superligada 6-o‘rinda yakunlagan "Surxon" jamoasi, bugundan Toshkentda navbatdagi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Bugungi mashg‘ulotda asosan jismoniy mashqlarga e’tibor qaratildi. Ko‘pchilik muhlislarni tarkib borasidagi o‘zgarishlar qiziqtirayotgani aniq. Jamoaga yangi kelib qo‘shilgan Akbar To‘raev va Sardor Suleymanov bugungi mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Tecno

O‘tgan mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan Abduqaxxor Xojiakbarov, Raxmatullo Berdimurodov, Asror G‘ofurov, A’zamjon Alievlar ham mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Tajribali futbolchi Shavkat Salomov ertadan jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.

Shuningdek, Asilbek Amonov ham ertadan mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.

Legioner Aleksandr Kasyan 11-yanvar kuni O‘zbekistonga uchib keladi va "Surxon" jamoasi mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.

Yana ikki Serbiyalik legionerlar Darko Stanoevich va Vladimir Bubanyalarga murabbiylar yana bir hafta hordiq chiqarishga imkoniyat yaratib berganlar.

Manba: "Surxon" telegram rasmiy kanali

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!