"Surxon"ni etakchilar tark etdi. Endi jamoa qanday yo‘l tutadi?

  • 28 dekabr, 2020, 19:52
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ortda qolgan mavsumda "Surxon" jamoasi tarkibida bir qator tajribali futbolchilar to‘p tepdi. Lekin shunday bo‘lsa-da, 2020 yilda termizliklar qoniqarsiz natijalar qayd etdi va Superligada 12-o‘rinni egalladi.

O‘tgan mavsumda jamoa tarkibida to‘p tepgan Abduqahhor Hojiakbarov, Asilbek Amanov, A’zam Aliev, Jahongir Mehmonov va yana bir qator futbolchilar xizmatidan voz kechdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Kelayotgan mavsumda esa "Surxon" jamoasi bor e’tiborini surxondaryolik mahalliy va yosh iqtidorli futbolchilarga qaratadi. Nuriddin Hasanov, Behruz Shaydulov, O‘ral Choriev, Davron Merganov, Kamoliddin Ashurov, Shahzod Tairov va Muhammad-ali Abdurahmonovning "Surxon" bilan amaldagi shartnomasi mavjud. Bundan tashqari, katta murabbiy Bahrom Haydarov, murabbiylar Vladimir Andreev va Ikromjon Ibragimov bir qator futbolchilar bilan selektsiya ishlarini olib bormoqda. Yaqin kunlarda jamoaning yangi bosh murabbiyi ham e’lon qilinadi. 

P/S: Surxondaryolik tajribali futbolchi Rahmatullo Berdimurodov bu mavsumda "Surxon" jamoasi murabbiylar shtabidan o‘rin oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!