Suvga sakrash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lishdi

  • 7 noyabr, 2023, 10:02
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida suvga sakrash bo‘yicha “1st Malaysia Open Diving Championships 2023” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Erkaklar o‘rtasida 3 metrlik tramplindan sakrash dasturida hamyurtlarimiz Vyacheslav Kachanov va Igor Myalinlar eng yuqori ballni jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi. Ikkinchi o‘rin Indoneziya vakillariga nasib etgan bo‘lsa, mezbonlar kuchli uchlikni yakunlab berishdi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!