
Tachmurod Agamurodov "Qizilqum"ni tark etdi
Tajribali mutaxassis Tachmurod Agamurodov "Qizilqum" bilan xayrlashdi. Bu haqida klub matbuot xizmati shunday xabar qildi:
"Xabaringiz bor, klubimizda selektsioner murabbiy lavozimida ishlab kelayotgan tajribali mutaxassis, turkmanistonlik Tachmurad Agamurodov faoliyat olib borayotgandi. Kuni kecha ushbu murabbiy bilan tomonlarning kelishuviga muvofiq tuzilgan shartnoma bekor qilindi.
"Qizilqum" PFK jamoasi Tachmurad Shamakovichga minnatdorchilik bildirgan holda murabbiyga keyingi faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar