
Taekvondo. Ertaga 3 vakilimiz Osiyo chempionatidagi yurishini boshlaydi
Ertaga taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi. Birinchi kunda uch nafar o‘zbekistonlik sportchi o‘z ishtirokini o‘tkazadi.
68kg vazn toifasida Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov musobaqani nimchorak finaldan boshlaydi. Hamyurtimizning raqibi Shu Morita (Yaponiya) va Fahid Abdulrazoq (Falastin) jangi g‘olibi bo‘ladi.
46kg vazn toifasida hamyurtimiz Zarnigor Husniddinova nimchorak finalda singapurlik Felipa Rivas Izabel bilan to‘qnash keladi.
49kg vaznda o‘zbekistonlik Charos Qayumova musobaqani chorak finaldan boshlaydi. Uning raqibi Akloy Kojomberdieva (Qirg‘iziston) va Xuang Shix Yuan (Xitoy Taypei) bahsi g‘olibasi bo‘ladi.
O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar