
Taekvondo WT. Feruza Sodiqova jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Mahoratli taekvondochimiz Feruza Sodiqova ketma-ket ikkinchi bor jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilmoqda. Hamyurtimiz Boku shahrida o‘tayotgan dunyo birinchiligida ham bronza medalini qo‘lga kiritdi.
-62 kg vazn toifasida qatnashayotgan Sodiqova yarim final jangida braziliyalik Kerolayn Santos bilan jang qilib, imkoniyatni boy berdi. Ushbu natija unga bronza medali qatori jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli ochkolarni taqdim qilmoqda.
Fikrlar