Taekvondo WT. Jahon chempionatining dastlabki kungi sovrindorlari ma’lum bo‘ldi

  • 15 noyabr, 2022, 09:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Meksikada taekvondo bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kuni ortda qoldi. Unda ikki vazn toifasida bahslar o‘tkazilib, erkaklar o‘rtasidagi -80 kg vazn toifasida janubiy koreyalik Vu-Xyok Park, ayollar o‘rtasidagi -57 kg vazn toifasida esa xitoylik Zongshi Luo oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Unda qatnashgan hamyurtlarimiz Madina Mirabzalova ikkinchi, Shuhrat Salaev esa uchinchi davrada imkoniyatni boy berdi. Birinchi kun g‘olib va sovrindorlari:

-80 kg:
Vu-Xyok Park (Koreya Respublikasi)
Andoni Sintado (Ispaniya)
Mehran Barxordari (Eron)
Seyf Eyssa (Misr)

-57 kg:
Zongshi Luo (Xitoy)
Chia-Ling Lo (Xitoy Taipeyi)
Jeyd Jones (Buyuk Britaniya)
Xadicha Kubro (Turkiya)

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!