Taekvondo WT. Meksikadan xushxabarlar kelishi davom etmoqda. Yoxud Niyaz Polatov jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

  • 19 noyabr, 2022, 10:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Meksikada o‘tayotgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida yana bir xushxabar. Musobaqaning navbatdagi kunida ham O‘zbekiston terma jamoasi yana bir medalni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, -63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Niyaz Polatov Ozarbayjon, Misr, Eron, Xorvatiya va Ispaniya vakillarini mag‘lub etib, finalgacha etib keldi. Biroq hal qiluvchi jangda xitoylik Liang Yushuaiga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun joriy chempionatdagi to‘rtinchi medal. Bu bilan dunyo birinchiliklarida qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha eng yaxshi natijamizni yangiladik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!