Taekvondo WT: Osiyo chempionatida yana 3ta medal qo‘lga kiritildi. Ikkitasi oltin

  • 25 avgust, 2022, 21:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 24-avgust kuni Vetnamning Xoshimin shahrida kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start olgandi.

Musobaqaning ikkinchi kunida ham xuddi birinchi kunda bo‘lganidek uch nafar hamyurtimiz sovrindor bo‘ldi.

-45 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Behruz Salimov barcha raqiblarini taslim qildi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

+65 kg vaznda esa yana bir hamyurtimiz Javohir Hidoyatov ham musobaqada barchadan kuchli ekanini isbotladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

-55 kg vazn toifasida terma jamoamiz a’zosi Aminaxon Kamalova yarim finalga qadar etib bordi va bronza medali sohibasiga aylandi.

Ikki kun yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 3ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medali mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!