Taekvondo WT. Terma jamoamiz a’zolari Niderlandiya va Belgiyadagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etishadi

  • 9 mart, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

11-12 mart kunlari Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida an’anaviy G1 toifasiga kiruvchi Dutch Open musobaqasi bo‘lib o‘tadi. 18-19 mart kunlari esa Belgiyaning Lommel shahrida G-2 toifasiga kiruvchi Belgian Open musobaqasi o‘tkaziladi.

Mazkur turnirlarda ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasining bir qismi Evropaga jo‘nab ketdi.

Dutch Open va Belgian Open musobaqalarida ishtirok etadigan taekvondochilar ro‘yxati:

Ulug‘bek Rashitov
Nikita Rafalovich
Shuhrat Salaev
Niyaz Po‘latov
Jasur Jaysunov
Madinabonu Mannopova
Feruza Sadikova
Svetlana Osipova

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!