
Taekvondo WT. Xudoyberdiev 1/16, Alieva esa 1/32 final bosqichigacha etib bordi
Meksika dayanlarida taekvondo bo‘yicha jahon chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Ushbu kun doirasida Jahongir Xudoyberdiev (-54 kg) hamda Saodat Alieva (-73 kg) yurtimiz sharafini himoya qildi.
Afsuski, yosh taekvondochilarimiz sovrindorlar safidan joy olisholmadi. Murosasiz bahslarda Xudoyberdiev 1/16, Alieva esa 1/32 final bosqichigacha etib bordi.
Ushbu vazn toifalarida quyidagi sportchilar g‘olib va sovrindor bo‘ldi:
Erkaklar, -54 kg:
1-o‘rin Omar Salim (Vengriya)
2-o‘rin Sezar Rodrigez (Meksika)
3-o‘rin Bae Jun-Seo (Koreya Respublikasi)
3-o‘rin Chen Po-En (Xitoy Taipeyi)
Ayollar, -73 kg:
1-o‘rin Nadicha Bozanich (Serbiya)
2-o‘rin Li Da-Bin (Koreya Respublikasi)
3-o‘rin Kristal Uikes (Puerto-Riko)
3-o‘rin Rebekka Mak Govan (Buyuk Britaniya)
Fikrlar