
Tailand - O‘zbekiston uchrashuvida kiritilgan gollarni tomosha qiling (video)
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston futzal terma jamoasi ayni kunlarda Tailandda o‘tayotgan "Continental" xalqaro turniri doirasida bugun mezbon terma jamoaga qarshi maydonga tushdi.
Afsuski, murosasiz va gollarga boy kechgan o‘yin 4:3 hisobida tailandliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu kuni O‘zbekiston terma jamoasi safida gollarni Husniddin Nishonov (19) hamda Davron Choriev (28) kiritdi. Yana bir golni raqib futbolchisi o‘z darvozasiga kiritib yubordi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar