
Tajribali yarim himoyachi "Neftchi"da!
Yakuniga etgan mavsumda "Surxon" sharafini himoya qilgan Sherzodbek Karimov "Neftchi" mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Bu haqda, futbolchining o‘zi SPORTS.uz saytiga ma’lum qildi.
O‘z vaqtida O‘zbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida sardorlik qilgan futbolchi Farg‘ona klubi bilan shartnoma imzolashga ulgurmadi.
Tajribali yarim himoyachi faoliyati davomida "Surxon"dan tashqari, "Qizilqum", "Paxtakor", "Navbahor", "Lokomotiv" va Xitoyning "Tsindao" klublari safida to‘p tepgan.
Fikrlar