Talyafiko: "Ayaks"dan ketmayman
Amsterdamning "Ayaks" klubi himoyachisi Nikolas Talyafiko yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi emasligi haqida aytib o‘tdi.
“Shuni aytmoqchimanki, men “Ayaks”da yana bir mavsum qolaman. Bizni yana bir ajoyib mavsum kutmoqda deb umid qilaman”, - deydi argentinalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Talyafiko joriy mavsum amsterdamliklar safida 42ta o‘yinda ishtirok etdi va 5ta gol urishga erishdi.
Fikrlar