Tampere-2017: Shapiev Jahon chempionligi uchun gilamga chiqadi, Rahmonov esa...

BEPUL PROPAN

Finlandiyaning Tampere shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

Kunning dastlabki bahsida erkin kurash bo‘yicha 60 kilogramm vazn toifasidagi hamyurtimiz Abbos Rahmonov finlandiyalik Timu Tuomasga qarshi gilamga ko‘tarilib, yirik, 10-0 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Shuningdek, -74 kilogramm vazn toifasidagi polvonimiz Iso Shopiev ham musobaqani muvaffaqiyatli tarzda boshladi.

Xususan, Shopiev dastlabki bahsda kanadalik Bridjuoterni 8-0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, chorak finalda hindistonlik Vir Dev Guliyadan  11-0 va yarim finalda yaponiyalik Yaguro Yamasakidan 8-1 hisobida ustun keldi.

Qayd etish lozim, endi final bahsida Iso Shopiev AQSh vakili Mark Jon Xoll bilan bellashsa, Abbos Rahmonov chorak final bosqichida eronlik Yunus Aliakbarni sinovdan o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!