Tantashev boshchiligidagi hakamlarimiz mundialga kuzatildi. Unda Ravshan Ermatov nimalarni aytdi?

  • 30.05.2026 22:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasini FIFA jahon chempionatiga kuzatish oldidan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqida OFA matbuot xizmati maʼlum qildi.

Tadbirda OFA birinchi vitse-prezidenti hamda mutasaddilar ishtirok etib, hakamlarimizni tarixiy musobaqa arafasida samimiy qutladi va ularga omad tiladi.

“Bugun barchamiz quvonchli kunda turibmiz. Yaqinda muhtaram Prezidentimiz futbolchilarimizni jahon chempionatiga kuzatar ekanlar, ularning naqadar quvonganlarini barchamiz koʻrdik. Bugun esa hakamlarimiz jahon chempionatida ishtirok etish uchun yoʻlga chiqmoqda. Terma jamoa ham, hakamlar ham bir vaqtning oʻzida jahon chempionatida qatnashishi asosan futboli rivojlangan yirik davlatlarga xos holat. Bugun esa biz ham ana shunday mamlakatlar safidan joy oldik.

Bu tarixiy jahon chempionatidagi ishtirokingiz nihoyatda muhim. Siz u yerda Oʻzbekiston nomidan maydonga chiqasiz va millionlab futbol muxlislarida yurtimiz haqida taassurot qoldirasiz. Albatta, masʼuliyat va bosim yuqori boʻladi. Ammo sizlarning bu sinovlarni munosib engib oʻtishingizga ishonaman. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, ustozlaringiz va butun futbol jamoatchiligi doimo sizlar bilan birga. Biz har doim sizlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz", - dedi Ravshan Ermatov.

Tadbir yakunida hakamlar brigadasi bilan esdalik suratga tushildi va ularga FIFA jahon chempionatidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!