
Taqvimda yana o‘zgarish, Qiziq! taqvim tuzilayotganda "Paxtakor"ning OChLda o‘yini borligini avval hech kim bilmaganmidi?
Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" bahsi 1 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Taqvimda uchrashuvning aslida 3 may o‘tishi belgilangandi, ammo "Paxtakor"ning 6 may sanasida Chempionlar Ligasi 5-turida Eronning "Persepolis" klubiga qarshi muhim o‘yini borligi sababli uchrashuvni 2 kun ertaroq o‘tkazish borasida qilingan murojaatga PFL ijobiy javob qaytardi. "Metallurg" klubi ham o‘yinni 1 mayda o‘tkazishga qarshi emasligini bildirgach, bellashuv muddati o‘zgartirildi.
"Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi 1 may kuni soat 18:30da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
OChL yangi mavsumining taqvimi ancha avval tuzilgan va e’lon qilingan. Superligaga esa yaqindagi qur’a tashlangan va unda klublarimiz va terma jamoalarimizning xalqaro maydondagi o‘yinlari inobatga olingan deya yozilgandi. Lekin mana yana ko‘rmoqdamizki, yana taqvimda o‘zgarishlar bo‘lishi davom etmoqda.
Fikrlar