Tatimagan rekord

  • 29.06.2021 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Amaldagi Evropa chempioni – Portugaliya terma jamoasi bu galgi musobaqani erta tark etib, chempionlik unvonini munosib himoya qila olmadi.

Nimchorak finalning Belgiyaga qarshi o‘tkazilgan mag‘lubiyatli uchrashuvi portugaliyalik himoyachi Pepe uchun rekord bo‘ldi.

Pepe qit’a chempionati pley-off bosqichidaa ishtirok etgan eng qariya futbolchi sifatida tarixga kiritildi. Maydonda harakat qilgan kuli portugaliyalik himoyachi 38 yoshu 121 kunlik edi.

Ta’kidlash joizki, bu rekord Pepega tatigani yo‘q. Chunki jamoasi musobaqadan chiqib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!