
Tayson Evropa Ligasida rekord o‘rnatdi
"Shaxtyor" hujumchisi Tayson Evropa Ligasida "Bazel"ga qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.
Shu tariqa, braziliyalik futbolchi turnirning ettinchi mavsumida ham gol kiritdi va Aleksandr Lyakazett, Jermeyn Lens va Arining olti mavsum davom etgan natijasini ortda qoldirdi.
Evropa Ligasi yarim finali doirasida "Shaxtyor" "Inter" bilan bahs olib boradi.
Fikrlar