
Tayson Fyuri qaysi shart evaziga boksga qaytishi mumkinligini ma’lum qildi
Og‘ir vaznda WBC yo‘nalishi chempioni Tayson Fyuri boksga qaytishi mumkin. Uning o‘zi bu haqda gapirdi:
"Entoni Joshua yana mag‘lub bo‘ladi va mendan yana ringga qaytishimni so‘rashadi.
Men ularga shunday deyman: "Jin ursin, men nafaqadaman!"
Shundan so‘ng ular qaytishimni iltimos qilishadi, ammo buning uchun juda katta pul berishlari kerak",-dedi 33 yoshli sportchi.
Britaniyalik jangchi shu yilning aprel oyida Dilian Uayt ustidan qozongan g‘alabasidan keyin faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.
Fikrlar