Tayson Fyuri: Uaylder bilan revansh jangimiz mart oyida bo‘ladi

  • 3 dekabr, 2018, 09:45
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri ushbu vaznda WBC kamari sohibi Deontey Uaylderga qarshi ikkinchi jang 2019 yil mart oyida bo‘lib o‘tadi deb hisoblamoqda.

Men e’tiroz bildirmoqchi emasman, – deydi Fyuri Behind The Gloves kanaliga bergan intervyusida. — Uaylder ich-ichidan g‘alaba qozondim deb o‘ylayapti. Men uni tushunaman. Har bir bokschi g‘alaba qozonishni istaydi, ammo u ko‘p zarba o‘tkazib yubordi. Shunday ekan, men g‘alaba qozondim. Butun dunyo ko‘rdi, ammo hakamlar noto‘g‘ri hisoblashdi. Men o‘tgan narsani o‘zgartira olmayman, shuning uchun kelajakni o‘ylayman.

Fyurining so‘zlariga ko‘ra, shartnomada ikki bokschining biri mag‘lub bo‘lganda avtomatik revansh jang tashkil qilinar edi. Bu shuningdek, durang vaziyat uchun qo‘llanadi deb hisoblamoqda. Biroq har qanday holatda qish oxiriga qadar intensiv mashg‘ulotlarni o‘tkazadi va shundan keyin bir necha hafta oilasi bilan birga bo‘ladi.

Ringga mart oyining o‘rtalarida yoki oxirida qaytishni istayman, – deydi sobiq chempion. – Mashg‘ulotni davom ettiraman va sport formamni ushlab qolaman. Bu jangdagi vaznim (116,3 kg) men uchun oz. Bosh mashg‘ulotlarida katta tanaffus bo‘ladi, ammo men jismoniy tayyorgarlik bilan shug‘ullanaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!