
Tchuameni: “Butun jamoa bo‘lajak uchrashuvga tayyor” (To‘liq matbuot anjumani)
Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichida Madridning ikki klubi to‘qnash keldi. Ilk uchrashuvda "qaymoqranglilar" Rodrigo va Braim Diasning gollari evaziga 2:1 hisobida zafar quchdi. Javob bellashuvidan avval esa Tchuameni va Karlo Anchelotti matbuot anjumanida ishtirok etib, bo‘lajak uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.
“Butun jamoa ertangi kunga tayyor. Bu qiyin bo‘ladi, lekin biz borimizni beramiz.
Hushtak? Albatta, o‘yin davomida hushtaklarni eshitdim, lekin har bir o‘yinning o‘z tarixi bor. Hushtaklarga qaramay, o‘shanda yaxshi o‘ynaganman. Bu eng muhim narsa. Bunday narsalarga doimiy e’tibor berishning hojati yo‘q.
Markaziy himoyachi va tayanch zonasida o‘ynayapman? Bu ikkita mutlaqo boshqa ish. Himoyada biroz ko‘proq vaqtingiz bor, lekin diqqatni jamlash ham qiyinroq, chunki sizda to‘p yo‘q bo‘ladi.
Mening maqsadim har doim o‘yinning barcha jabhalarida yaxshilanish. Ertaga "Atletiko" juda agressiv o‘ynaydi, lekin biz nima qilishimiz kerakligini bilamiz. Biz durang uchun o‘ynamoqchi emasmiz, biz g‘alaba qozonishni istaymiz.
Eng muhimi, diqqatni jamlash. Uchrashuv davomida nima bo‘lishi muhim emas. Odamlar nima deyishiga ahamiyat bermaslik kerak. Bugun yaxshisan, ertaga yo‘q. Siz diqqatni jamlashingiz va tabassum bilan davom etishingiz kerak. Har doim ko‘p gaplar bo‘ladi.
Kilian Mbappe Madridda baxtli, u allaqachon ko‘p gol urdi va bundan ham ko‘proq gol ura oladi.
Ertangi kayfiyatingiz? Maksimal va ijobiy, chunki bizda fenomenal tarkib, ajoyib murabbiy va dunyodagi eng yaxshi muxlislar bor” – deya ta’rif berib o‘tdi, frantsiyalik xavbek.
Ma’lumot o‘rnida, Madrid derbisi bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar