
Temur Kapadze O‘FA rahbariyatiga terma jamoaning kengaytirilgan tarkibini taqdim etdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Temur Kapadze 2018 yilgi jahon chempionatining ikki ishtirokchisi - Senegal va Marokash terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga taqdim etdi. Kengaytirilgan ro‘yxatidan 30 nafar futbolchi joy oldi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Darvozabonlar: Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Javohir Ilyosov (“Mash’al”)
Himoyachilar: Farrux Sayfiev (“Paxtakor”) Dostonbek Tursunov (“Neftchi”), Sherzod A’zamov (“Paxtakor”), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Anzur Ismoilov (“Chan Chun Yatay”, Xitoy), Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv”) Shuhrat Muhammadiev (“Lokomotiv”) Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva Rossiya), Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”), Oleg Zoteev (“Lokomotiv”), Akrom Komilov (“Bunyodkor”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”)
Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA), Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Javohir Siddiqov (“Qo‘qon 1912”), Ikrom Aliboev (“Lokomotiv”), Sardor Rashidov (“Lokomotiv”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”), Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Jasur Yaxshiboev (“Paxtakor”)
Hujumchilar: Temurxo‘ja Abduholiqov (“Al Sayliya”, Qatar), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”).
Fikrlar