
Temurxo‘ja Abduholiqov: Ikkinchi bo‘limda vabankka bordik
Bugun bo‘lib o‘tgan "Lokomotiv" - "Al Vahda" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "temiryo‘lchilar" hujumchisi Temurxo‘ja Abduholiqov ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo‘limni qoniqarli o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘limda esa vabankka bordik. Raqiblarning o‘yiniga moslashib qolganimiz uchun, hujumlarda muammolar bo‘ldi. G‘alabadan xursandman", - deydi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bugun raqib darvozasiga kiritilgan gollarning dastlabkisiga aynan Temurxo‘ja Abduholiqov mualliflik qildi.
Fikrlar