Temurxo‘ja Abduxoliqov: Hammani Yangi Yil bayrami bilan tabriklayman!

  • 31 dekabr, 2016, 17:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Aziz futbol ixlosmandlari, xurmatli “Millionlar o‘yini” ishqibozlari! Mana sekin-asta 2016 yil ham yakunlanib bormoqda. Bir necha soatdan so‘ng yangi – 2017 yil kirib keladi.

“Lokomotiv” futbol klubi vakillari Yangi Yil bayrami munosabati bilan siz – aziz ishqibozlarga bayram tabriklari tayyorlashdi. Jumladan, 2016 yilgi mavsumda chempionatimiz to‘purari bo‘lgan Temurxo‘ja Abduxoliqov ham quyidagicha bayram tabrigini yo‘lladi.

— Hammani yaqinlashib kelayotgan Yangi Yil bayrami bilan tabriklayman! 2017 yil barchamiz uchun ham ajoyib yil sifatida yodda qolsin! Ushbu yilda O‘zbekiston barcha jabhada, jumladan, sport sohasida ham yanada taraqqiy etsin va ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishsin. Hammaga yangi yilda omad va sog‘lik yor bo‘lishini istab qilaman, — deydi tajribali hujumchi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!