Ten Xag: Kiritayotgan gollarimiz - o‘sayotganimizning belgisi

  • 25 aprel, 2024, 09:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Erik ten Xag "Manchester Yunayted"ning "Sheffild"ga qarshi o‘yini (4:2) haqida gapirdi. 

- Uchrashuv haqida 

- Bugun juda ko‘p ijobiy voqealar ro‘y berdi. Jamoa ikki marta ortda borib ham kurashni davom ettirdi. Biroq salbiy tomonlar ham bor. 

- Biz ularga ustunlikni berdik. Aslida, bunday bo‘lmasligi kerak. Shunday bo‘lsada, g‘alabadan xursandman. 


- Jamoaning hisobda ortda qolganiga munosabat

- Siz futbolchilar orasida vahima ko‘rdingizmi? Yo‘q, biz juda uyushqoqmiz O‘yin davomida vaziyatlar yaratishda davom etdik. 

- Kazemiro haqida

- Menimcha, u Maguayr bilan birga markaziy himoyada juda yaxshi harakat qildi. To‘psiz ham, to‘p bilan ham u juda barqaror. 

- Jamoani rivojlantirishga harakat qilamiz. Kiritayotgan gollarimiz soni - o‘sayotganimizning belgisi. Ishonchim komil, to‘rt nafar himoyachimiz qaytsa, stabil futbol namoyish eta olamiz. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!