Ten Xeg o‘ynatmagan futbolchiga "Yuventus" 40 million berishga tayyor!
"Manchester Yunayted" vingeri va ayni damda Dortmundning “Borussiya” klubida ijara asosida harakat qilayotgan Jeydon Sancho faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
"TEAMtalk" xabariga ko‘ra, Turinning "Yuventus" 23 yoshli angliyalik futbolchi uchun "qizil iblislar"ga 40 million evro to‘lashga tayyor. Mankunianliklar ham yozda uni qo‘yib yuborishga qarshi emas. Mavsum boshida Sancho bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan janjallashib qolgandi va shu sababdan mavsumning birinchi qismida deyarli maydonga tushmadi.
Ma’lumot uchun, Sancho qishki transferlar oynasida "sariqlar" safiga o‘tgan beri 9 uchrashuvda qatnashib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar