
Tengma-teng o‘tgan bahsda Saudiya Arabistonidan revansh oldik (Uchrashuv statistikasi)
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak final bosqichi doirasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib bordi. Unda hamyurtlarimiz 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Birinchi golni Husain Norchaev kiritgan bo‘lsa, ikkinchi golga Umarali Rahmonaliev mualliflik qildi. Shuningdek, 70-daqiqada raqiblar a’zosi Ayman Yahyo ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.
Bellashuv davomida muxlislar ko‘p xavfli vaziyatlarga guvoh bo‘lmadi. Zarbalar va aniqlari soni ham shunga yarasha. Umuman olganda, tengma-teng o‘tgan bahsda vakillarimiz epizodlardagi faollik evaziga raqibni taslim etdi:
Fikrlar