
Teo Ernandes "Real"ga qaytmoqchi emas
"Milan"ning frantsiyalik himoyachisi Teo Ernandes "Real"ga qaytish niyatida emasligini aytdi.
“Real” mening ketganimga afsuslanadimi yoki yo‘q, buni bilmayman. Men Madridga juda yosh kelganman va o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaganman. U paytlar men uchun qiyin edi. U erda o‘zimga bo‘lgan ishonchni yo‘qotdim. Ammo hozirda "Milan"da yaxshi faoliyat yurityapman. “Real”ga qaytaman, deb o‘ylamayman”, - dedi Ernandes.
23 yoshli Ernandes “Milan” safiga 2019 yilning yozida 20 mln evro evaziga “Real”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum “rossonerilar” tarkibida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar