
Ter Shtegen: "O‘zimni avvalgidan ham kuchli his qilyapman"
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jarohatidan keyin tiklanish jarayoni haqida fikr bildirdi. U sentyabr oyidan beri o‘yinlarda qatnashmayapti, chunki tizzasidagi muammo sababli jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan edi.
"Avvaliga son sohamda tortishish his qildim. Keyin og‘riq butun tanam bo‘ylab tarqadi. Pastga qaraganimda, muammo faqat sonda emasligini darhol tushundim. Tizzam mutlaqo noto‘g‘ri holatda edi, uni shunchaki o‘rniga qo‘yishning iloji yo‘q edi."
Hozirgi holati haqida gapirar ekan, u o‘zini energiyaga to‘la his qilayotganini va jamoa bilan to‘liq mashg‘ulotlarga qaytishni sabrsizlik bilan kutyotganini aytdi:
"Ayni paytda o‘zimni avvalgidan ham yaxshiroq his qilyapman. Ajoyib jamoam bor, har qanday bosimga dosh bera olaman. Qaytish uchun aniq sana ayta olmayman, lekin juda xohlayapman. Agar barcha mashg‘ulotlar va yuklamalarga tayyor bo‘lsam, murabbiyga o‘yinga tayyorligimni bildirishim mumkin" - deya ta’rif berib o‘tdi germaniyalik posbon.
Fikrlar