
Ter Shtegendan olib qo‘yilgan sardorlik kimga beriladi?
“Barselona” rahbariyati jamoaga sardorlik qilib kelgan Mark-Andre ter Shtegenni bu vakolatdan bo‘shatishga qaror qildi.
Bunga tajribali darvozabonning jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqani va klub bilan munosabati buzilgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Endi “Barselona”ga yangi sardor tayinlanadi. Bu masalada ter Shtegenning o‘rinbosari sifatida Ronald Arauxo, Frenki de Yong, Pedri va Rafinya tayinlangan. Ko‘pchilik sardorlik bog‘ichi mana shu to‘rt o‘yinchidan biriga topshirilishi mumkinligini kutyapti.
Biroq Mundo Deportivo nashri ekspertlari jamoaga sardorlik qilish vazifasi Inigo Martines, Robert Levandovski, Ferran Torres va Lamin Yamalga berilishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilmoqda.
Yangi sardorni yo Xans-Diter Flikning o‘zi tanlaydi, yoki jamoa o‘yinchilari o‘rtasida so‘rov o‘tkaziladi.
Fikrlar