Ter Shtegenga Manchester klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda

  • 16 iyul, 23:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yozgi transferlar davomida yangi darvozabon izlamoqda. 

Tecno

"AS" nashriga tayanib xabar tarqatgan "Transfer News Live"ning ma’lumotiga ko‘ra, "shaharliklar" diqqatini "Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegenga qaratgan.

33 yoshli nemis hozirgi kunda "ko‘k-anorranglilar"da asosiy tarkibdagi futbolchi sifatida ko‘rilmayapti. Yaqinda klubning bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ter Shtegen bilan suhbat o‘tkazib, uning jamoadagi kelajagi bo‘yicha ochiq fikr bildirgan. Shunga qaramasdan, ter Shtegenda uch yillik amaldagi shartnoma bor va o‘zi ham yoz boshida klubda qolishini ta’kidlagan edi.

"Manchester Siti"da esa Edersonni almashtirish masalasi dolzarb ahamiyatga ega. Mana shu nuqtada tajribali va yuqori saviyadagi ter Shtegen mos nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, ter Shtegenning bozor bahosi 12 million evroni tashkil etadi. Ammo uning maoshi va shartnoma shartlari sababli muzokaralar murakkab kechishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!