
Terma jamoaga chaqirilgan Sergeev soqolini olib tashlashga va’da berdi (FOTO)
Samaraning "Krilya Sovetov" klubi hujumchisi Ivan Sergeev Rossiya terma jamoasidan chaqiruv olgani uchun soqolini olib tashlashga va’da berdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Valeriy Karpin uni Kipr va Xorvatiya bilan bo‘lajak o‘yinlar uchun yakuniy ro‘yxatga kiritdi.
“Rasman: Ivan Sergeev Rossiya terma jamoasidan qaytgach, soqolini oldirib tashlaydi”, - deyiladi “Krilya Sovetov” matbuot xizmati xabarida.
26 yoshli Ivan Sergeev 2020 yilning yozidan buyon "Krilya Sovetov"da o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda u FNLning 39 ta o‘yinida 40 ta gol urib, jamoasining premer-ligaga chiqishiga yordam berdi. Hujumchi joriy mavsumda 15 ta o‘yinda 6 ta gol urdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Sergeevning transfer narxi 2,3 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar