
“Barsa” yulduzi endi hech qachon terma jamoada o‘ynamaydi
“Barselona” to‘purari Per-Emerik Obameyang Gabon terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi, deb xabar tarqatdi Ispaniyaning Sport.es sayti.
32 yoshli futbolchi 2009 yildan beri milliy jamoada o‘ynab kelayotgan edi. Shu paytga qadar Obameyang o‘z mamlakati bosh jamoasi safida 72 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 30 marotaba ishg‘ol qilgan.
Per-Emerik Gabon terma jamoasi tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida tarixga kirgan.
Obameyang shu yilning yanvar oyidan “Barselona” sharafini himoya qilmoqda. Futbolchi “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan chiqisha olmagani uchun “kanonirlar” safini tark etgandi. Uning shartnomasi yana uch yil amal qiladi.
Fikrlar