Terma jamoamiz bir o‘yinda 41 ta gol urdi...

BEPUL PROPAN

Hindistonning Lakxnau shahrida U-18 o‘smirlar va U-20 yoshlar jamoalari o‘rtasida o‘tayotgan Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining Osiyo qit’asi bosqichi saralash musobaqalarida hamyurtlarimiz g‘alabaga erishdi.

O‘zbekiston U-18 va Bangladesh U-18 jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘smirlarimizning ustunligida o‘tdi. Birinchi bo‘limda 24:11 hisobi qayd qilingan bo‘lsa, yakunda 41:23 hisobida terma jamoamiz a’zolari g‘alabani tantana qildi. 

Shu bilan gandbolchilarimiz guruh bellashuvlarini birinchi o‘rinda yakunladi. Endi terma jamoamiz guruhda to‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoaga qarshi yarim final uchrashuvini o‘tkazadi. 

O‘zbekiston U-20 va Qozog‘iston U-20 jamoalari uchrashuvi nihoyatda keskin va hayajonli lahzalarga boy o‘tdi. Bahs davomida ikkala jamoa ham ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganini namoyish etdi. 

Bellashuvning dastlabki bo‘limida qozog‘istonliklar 15:16 ko‘rinishida ustunlikka ega bo‘lgan edi. Ikkinchi bo‘limda gandbolchilarimizning g‘alabaga bo‘lgan irodasi pand bermadi. Uchrashuv tugashiga ikki daqiqa qolganda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 31:30 hisobida ustunlikka erishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!