Terma jamoamiz darvozasini ishg‘ol qilgan shved, argentinalik xavbeklar va 21 yoshli braziliyalik! «Baniyas»da qanday legionerlar to‘p suradi?

  • 15 mart, 2022, 08:30
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz Qarshining “Nasaf“ jamoasi bilan Osiyo chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan bahsda maydonga chiqadigan BAA klubi haqidagi eng qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashadi.

Tecno

Bosh murabbiy: Daniel Isaela

Daniel Isăilă

Hali 50 yoshga to‘lmagan bo‘lsa ham, anchagina tajribali bo‘lgan Daniel Ro‘ziqul Berdievning bugungi bahsdagi asosiy raqibi sanaladi. Faoliyati davomidagi eng yorqin g‘alabasi sifatida “Astra“ bilan Ruminiya kubogi va superkubogida zafar quchganini ko‘rsatishimiz mumkin. Klublar haqida so‘z borar ekan, aytarli g‘alabalarga erishganicha yo‘q. Uning jamoalari doimo hujumkor futbol namoyish etgan. Bugungi “Baniyas“ ham aynan shu aspektda kuchli. Ammo Osiyo maydonlaridagi bahslar tajribasi yo‘q. Bosh murabbiy bu kamchilikni ancha kuchli legionerlarga suyangan tarkibi bilan to‘ldirishga urinib ko‘radi. Xo‘sh, “Nasaf“ning bugungi raqibi safida qanday legionerlar to‘p suradi?

Yarim himoyachi: Nikolas Ximenes (Argentina)

Jimenes

2021 yilning 1 iyul sanasida erkin agent maqomida Abu Dabi shahri klubi bilan shartnoma imzolgan Ximenesni alohida e’tirof etish lozim. "Transfermarkt" portali bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, bugungi kunda u “Baniyas“ tarkibidagi eng qimmat futbolchi sanaladi. Ximenes “Nuevo Chikago“ klubi tarbiyalanuvchisi. Qahramonimiz faoliyati davomida faqat Argentina jamoalarida to‘p tepgan. Yarim himoyachi asosan, maydon markazida to‘p suradi. Shuningdek, kerakli pallada pleymeykerga ham aylanishi mumkin. Yaxshi tezlik va ajoyib so‘nggi uzatmaga ega. Bir so‘z bilan aytganda, bugungi “Baniyas“ning asosiy ijrochilaridan biri.

Markaziy himoyachi: Sasha Ivakovich (Serbiya/Xorvatiya)

Sasha

Endi navbat og‘ir artilleriyaga. Sasha Serbiyaning eng mashhur jamoalaridan biri - Belgradning “Partizan“ akademiyasida tahsil olgan. Bugungi kunda uni transfermarkt portali 850 ming evroga baholagan. E’tiborlisi shundaki, Ivakovich endigina 28 yoshni qarshi oldi. Arab klublarida bu yoshdagi legionerlarni uchratishni avvallari imkoni bo‘lmagan. Hozir esa BAA jamoalari asosan, maydonda mahalliy futbolchilardan yaqqol ajralib turishga qodirlargagina shartnoma taklif qilmoqda. Ivakovich klassik markaziy himoyachi ampluasida to‘p tepadi. Baland bo‘yli (192 sm) va jismonan baquvvat bolqonlik yigit “Baniyas“ning standartlardagi asosiy quroli desak, adashmagan bo‘lamiz. U faoliyati davomida Sloveniya va Isroil singari mamlakat chempionatlarida to‘p tepgan. “Maribor“ bilan mamlakat chempionligiga ega bo‘lgan. U bir vaqtning o‘zida Serbiya va Xorvatiya fuqaroligiga ega. “Nasaf“ga qarshi o‘yinda aynan u Husayn Norchaevni personal qo‘riqlashi kutilmoqda.

Yarim himoyachi: Gaston Alvares Suares (Argentina)

Alvares Suares

“Baniyas“ning eng asosiy legioneri - Gaston Suareas bilan tanishing. U ham Ivakovich bilan tengdosh. "Transfermarkt" portali uni qo‘lga kiritishni istagan jamoa 2,8 million evro sarflashi kerak, deb hisoblaydi. Ximenes singari Gaston ham asosan maydon markazida harakat qiladi. Lekin deyarli maydondagi qora ishlarni bajarmaydi. U faoliyatini Argentinaning kamtarin jamoalarida boshlagan. Karerasini Evropada davom ettirishni juda istaganiga qaramay, “Arsenal Sarandi“dan uyog‘iga o‘ta olmagan. 2020 yildan BAA klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Yarim himoyada to‘p surishiga qaramay, gollar kiritishni xush ko‘radi. Kuchli zarbaga ega. “Nasaf“ bilan o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi taxmin qilinmoqda.

Hujumchi: Isaak Telen (Shvetsiya)

Isaaak

Shvetsiya futboli o‘zining sovuqqon markaziy hujumchilari bilan futbol olamiga yaxshi tanish. Xenrik Larsson, Yoxan Elmander va Zlatan Ibragimovichlar shular jumlasidan. Isaak ham ushbu yurt hujumchilariga hos bo‘lgan o‘yin manerasiga ega. Jismonan baquvvat, baland bo‘yli (189 sm) va hujum chog‘ida joy tanlashga usta. Qahramonimizning karerasida ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan bir nechta jamoalar nomini uchratish mumkin. “Bayer“, “Bordo“, “Anderlext“, “Malmo“, “Kasimpasha“ singari klublar sharafini himoya qilgan forvard bugungi “Baniyas“ning asosiy straykeri. 2021 yilning 11 sentyabr sanasida Birlashgan Arab Amirliklariga ko‘chib o‘tgan qahramonimiz "Transfermarkt" portali tomonidan 2,7 million evroga baholangan. “Baniyas“ ustozi Isaakni ba’zan zaxiradan o‘yinga qo‘shadi. Bu jamoasi uchun so‘nggi daqiqalarda ikkinchi qavatda yaxshigina ustunlik berishi mumkin. Shved hozir 29 yoshda. Unda Evropaning nomdor klublaridan takliflar bo‘lishiga qaramay, “Baniyas“da qolishga qaror qildi. U qisqa muddat ichida mahalliy ishqibozlarning yoqimtoyiga aylangan. “Ajdarlar“ bilan o‘yinda “Baniyas“ning chinakam quroliga aylanishi mumkin.

Himoyachi: Joao Viktor Vanser (Braziliya)

Joa vingera

Arab klublariga xos bo‘lmagan legioner. Endigina 21 yoshga qadam qo‘ygan Joao “Kruzeyro“ klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. 2019 yilning 1 iyul sanasida Abu Dabiga ko‘chib o‘tgan futbolchi allaqachon “Baniyas“ muxlislari uchun “mahalliy“ futbolchiga aylanib bo‘lgan. Chap qanotning istalgan pozitsiyasini berkitishga qodir futbolchi ko‘proq himoyada ko‘rinish beradi. Kerakli pallada ancha oldinroq o‘tib, vingerga ham aylanishi mumkin. U “Baniyas“ning qanotlardagi ustunligini ta’minlab beruvchi asosiy kuch sanaladi.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
15/03/2022 09:18
Nasafga uzi har doim shunoqa qiyin sinovla bulgan. vaqtiga. Havi uynagan vaqt ham. gruppasiga kerakli achko oluvdi. hech qisi yuq utkan yil Nasaf kvatalarimizni kupayterib berdiki. shu yildan. 2+2. Uynaydiki. klublarimiz. Nasaf Uzbek fudboliga qushkan mehnatlari. asrla utsa ham hech qachon unitilmaydi.