Terma jamoamiz haqida Litvadagilar fikri!

  • 19 sentabr, 2021, 14:00
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor futzal bo‘yicha Jahon chempionati pley-offiga chiqdi. Terma jamoamiz bilan Litvada bo‘lib turgan O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev o‘z "Telegram" kanali orqali Terma jamoamiz haqida Litvadagilar fikri haqida yozdi:

"Jahon chempionati tadbirlarida FIFA vakillari, mahalliy mutaxassislar va muxlislar bilan fikr almashib turibmiz. O‘zbekistonning ishtirokini chetdan qaraganda ular qanday baholashyapti?

Birinchidan, eng dramatik o‘yinlar jamoasi, deyishmoqda. O‘zbekistonning guruhdagi uchchala uchrashuvi so‘nggi sekundlargacha intrigani ushlab turdi. Gvatemala bilan to‘liq ustunlik, bosim, 1:4 dan 4:4 ga kambek, ammo so‘nggi lahzalarda gol o‘tkazish. Drama. Ko‘z yoshlar. Favorit Rossiya bilan 0:2 dan 2:2 qilish va yana oxirida tashabbusni qo‘ldan chiqarish. Rossiyalik murabbiylar jamoamizni olqishlagani. Va nihoyat, 3-turda Misr bilan og‘ir bahsda 2:1 hisobidagi g‘alaba! Bu safar quvonch ko‘z yoshi.

Ikkinchidan, super gollar jamoasi. Rossiya darvozasiga Davron Choriev, Misr darvozasiga Husniddin Nishonov, ayniqsa, Anasxon Rahmatov ijrosidagi hal qiluvchi fantastik gol Jahon chempionati xaylaytslaridan o‘rin oldi.

Uchinchi holat esa, o‘zbek muxlislari. Ular har o‘yinda jamoa bilan birga. Uzoq yaqindan "Vilnyus arena"ga kelib, tinmay qo‘llab-quvvatlab turishibdi. Mezbon Litvadan keyin zal to‘lishi va perfomans bo‘yicha aynan O‘zbekiston etakchi o‘rinlarda.

Davomiy bo‘lsin!"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!