Termizda muxlislar hakamlarga tosh otishdi va...

  • 27 avgust, 2018, 19:30
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Shuningdek, hakamlar brigadasi maydonni tark etib, kiyim-almashtirish xonasiga yo‘l olayotgan pallada ularga muxlislar tomonidan turli buyumlar – toshlar va suv idishlar uloqtirildi. Qolaversa, bosh hakam yordamchisi A. Sidorovning ko‘krak qismiga tosh ham kelib tekkani ma’lum bo‘ldi. Hakamlar o‘z xonasiga kirib borgach ham, tashqaridan ular joy olgan xona oynalariga nisbatan ommaviy tosh otishlar to‘xtamadi.

Tecno

“Surxon” – “Andijon” uchrashuvidan keyin ro‘y bergan ko‘ngilsiz holatlar foto va videofaktlar asosida O‘zPFLning maxsus komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. 

Musobaqalar reglamentining “Klublar, jamoalar rahbarlari, futbolchilar va xududiy assotsiatsiyalar majburiyatlari” bo‘limining 7.3 bandini qo‘pol ravishda buzganligi uchun “Surxon” FKga nisbatan intizomiy va jarimalar kodeksi 1-qismi 5.9 bandini qo‘llagan holda  10.000.000 (o‘n million) so‘m miqdorida jarima belgilandi. Bu hol yana qaytarilsa, klubga nisbatan jiddiyroq jazo – uy uchrashuvlarini muxlislarsiz, bo‘m-bo‘sh stadionda o‘tkazishi borasida ogohlantirish berildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rakhmonov Jamshid
27/08/2018 23:24
Хали бери футболда ривожланиш булмайди.?ЖЧ чика олмаймиз. Футболни тубдан ислох килиш керак. Купер хеч нима кила олмаса керак. Чемпионатимиз бунга яккол мисол. Хали 50 йиллар бор. Бошка гап йук. Динамо ютди, омадини берсин! Сурхон 3-4 йилда чикади Суперга... Энди футболни телевизордан куриб турамиз.
Djamoliddin Dusalov
27/08/2018 22:37
Урток хакам шерзод костмов сизга инсоф тилайман болаларингизни халол ризкбилан бокинг сурзон музлислари номидан
Djamoliddin Dusalov
27/08/2018 21:45
Салом узбекистон ахли олдиндан узур сурайман менинг фикрим умуман бошкача качонгача футболимиз хакамлар курбонига айланади мухлисларнинг айби хакикат талаб килганими хакамлар очикча ён босишларини кура туриб нима килсин пфл каёка караябти ёки уларнинг дарди жарима пуллари туплашми хамажойда мутахамчилек урток умид ахмаджонов бир марта вохагахам келинг ахволни куринг сурхон футболи хар доим хакамлар курбонига айланади хакамларни назорат киладиганлар борми ёки хаммасини парталга ёзиш керакми тошкент водий жамоаларига очикча ён босилади юук жойдан жарима кани хакикат
&
Inom
27/08/2018 21:17
Andijonga zadacha q6yilgan wunin un xakamlardi sotib olyabti.muxlislarda ayb y6 betda chidomagandan qiliwgan