
Terri Anri: "Artetada etarlicha vaqt bor edi"
"Arsenal" afsonasi Terri Anri hozirgi murabbiy Mikel Arteta boshchiligidagi sobiq jamoasi uchun samarali hujumchi topish masalasiga munosabat bildirdi.
Anri joriy mavsumdagi muammolarning bir qismini jarohatlar bilan izohlash mumkinligini tan oldi, biroq uning fikricha, qolgan muammolarni Arteta kuchli hujumchi topish orqali hal qilishi mumkin edi.
"U Sterlingni olib keldi, hamma klubga "to‘qqizlik hujumchi" istayotgan edi. Artetani strayker sotib olishga vaqti bor edi. Men murabbiy emasman va muzokaralar qanday kechayotganini bilmayman, lekin "Arsenal"ning muvoffaqiyatsizliklariga sabab qilib, markaziy hujumchi yo‘qligi ko‘rsatiladi", — deya Anrining so‘zlarini Independent nashri keltirdi.
Anrining fikricha, hozirda Madridning "Atletiko" klubida o‘ynayotgan Xulian Alvares "to‘pchilar"ga katta foyda keltira olgan bo‘lardi.
"Alvares — hozirgi eng sevimli hujumchilarimdan biri. Pressing qiladi, yolg‘iz o‘zi o‘ynay oladi. Yaqinda u qanday jarima zarbasi yo‘llaganini ko‘rdingizmi? Men uni "charchab qoldim" deganini hech qachon eshitmaganman."
Yakuniga etgan mavsumda "Arsenal" Angliya Premer-ligasida 2-o‘rinni egalladi. Londonliklar chempion "Liverpul"dan 10 ochkoga ortda qoldi.
Fikrlar