
Tevesga Xitoy yoqmasa, u yurtiga qaytib ketadi
Bir necha kun oldin Xitoyning “Shanxay Shenxua” jamoasi bilan shartnoma imzolagan argentinalik mashxur hujumchi Karlos Teves 2017 yilning noyabrida “Boka Xuniors”ga qaytib ketishi ham mumkin.
Le Figaro nashrining ma’lum qilishicha, 32 yoshli futbolchining shartnomasida shunday band bor: agar u yangi muhitga ko‘nika olmasa, u erda o‘zini noqulay his qilsa jamoadan ketishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Teves yangi jamoasida yiliga 25 million evro maosh olishi belgilab qo‘yilgan va u bu ko‘rsatkich borasida dunyoda etakchilikni o‘z qo‘liga oldi.
Fikrlar