Tez yordam haydovchisi, pochta xizmatchisi: Mashhur futbolchilarning noodatiy kasblari

  • 14 yanvar, 2021, 19:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbolchilar o‘z kasblarini naqadar yaxshi ko‘rmasin, baribir kun kelib, undan ketishga majbur bo‘ladi. Aksariyat sobiq o‘yinchilar o‘zlarini futbolga oid turli ishlarda sinab ko‘rishga harakat qiladi. Buni juda oddiy qabul qilishga o‘rganib ham qoldik. Ammo ba’zi futbolchilar futboldan ketgan paytlarida va hatto faoliyati davomidagi bo‘sh vaqtlarida ham turli-tuman kutilmagan ishlar bilan shug‘ullanadi. Keling, ularning ba’zilari haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Tecno

Ben Bargess - Maktab o‘qituvchisi
“Blekpul” va “Xall Siti” jamoalarining sobiq hujumchisi Tranmer shahridagi maktablardan birida hozirda o‘qituvchilik qiladi. U BBC kanaliga bergan intervyusida bu qarorini quyidagicha izohlaydi: “O‘z-o‘zini nazorat qila olish, etakchilik va jamoaviy ishlay olish qobiliyati futbolchining birlamchi vazifasi bo‘lganidek, o‘qituvchi ham o‘z shogirdlari bilan aloqa o‘rnatishda xuddi shu hislatlarga tayanadi. Men futbolda orttirgan bilimlarim orqali yangi kasbimda ham yaxshi natijalar qayd etyapman, deb o‘ylayman”.

_78914780_benburgess005

Tim Vize - Professional vrestler
Germaniyaning turli yosh toifalardagi va hatto, milliy terma jamoasi safida ham o‘yin o‘tkazgan Tim Vize 2014 yilda “Xoffenxaym”dagi omadsiz mavsumdan so‘ng, faoliyatini yakunlashga qaror qiladi. Ammo kutilmaganda, u vrestling olamida mashhurlikka erishadi. Myunxendagi musobaqadagi g‘alabasidan so‘ng, unga “mashina”, deb nom berishadi. Bugun u yana yarim-professional tarzda futbol bilan shug‘ullanmoqda.

tim-wiese

Aryan De Zeuv - Detektiv
“Uigan” klubining sobiq markaziy himoyachisi Elxaji Diuf bilan bo‘lib o‘tgan mojarolari sabab, butun ingliz futbolida mashhur bo‘lib ketgan. Nega, aynan detektivlik kasbini tanlaganini tushunish qiyin emas. U markaziy himoyachi…

3236961-de_zeeuw

Papis Sisse - Tez yordam haydovchisi
Sisse, aslida, 15 yoshdaligida kasalxona xizmatida ishlaydi. Ammo futboldagi faoliyati ancha omadli kechgach, eski kasbi bilan shug‘ullanishga ehtiyoj qolmadi. Bu haqida: “Men maktabni ham tashlab, oilamga yordam berish uchun ishlardim. 15 yoshimdanoq, tez yordam mashinasini haydardim. Odamlarning ko‘z o‘ngimda vafot etishini ko‘rishga majbur bo‘lganman”, - deydi Sisse. “Nyukasl”dagi yaxshi darajali o‘yinlari bilan mashhur bo‘lgan Sissening bolaligi mana shunday o‘tgan.

CS53533373

Grafite - Chiqindi savdogari
Braziliyalik sobiq hujumchi “Volfsburg”ning chempionlik mavsumida asosiy qahramon obrazida edi. 25 ta o‘yinda 28 ta gol urgan futbolchi “bo‘rilar”ning g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan. Ha, bizning diyorimizda chiqindi savdosi biroz xunuk eshitiladi. Ammo Grafitening o‘zi hozirgi kasbidan mamnun: “Bu kimlargadir noodatiy kasbdek tuyulishi mumkin. Men, albatta, ko‘chama-ko‘cha yurib, chiqindi yig‘mayman. Shunchaki, ushbu biznesni yuritaman. Pul topishim kerak-ku”, - deydi sobiq futbolchi.

grafitedzeko

Nayjel de Yong - Mashina savdosi dileri
Bilamizki, futbolchilar o‘z avtomobillarini sevadi. Ba’zi futbolchilar “toychoqlar”ga haddan tashqari qiziqib ketadi. Bu ulardan biri. Niderlandiya futbolining yaqin o‘tmishdagi yarim himoyachilaridan hisoblangan Nayjel de Yong hozirda avtomobil biznesi bilan shug‘ullanadi.
U Yaqin Sharq davlatlarida “Lamborjini”, “Ferrari” va “Mazerati” kompaniyalarining rasmiy dileri hisoblanadi. Yomon emas-a?!

BCSPyAzpYGX95h5WffCh5L

Erik Kantona - Aktyor
Frantsiyalik afsonaviy futbolchi hali maydonda to‘p surib yurgan davrlaridayoq, kino san’atida ko‘rinish berib ulgurgandi. “Old Trafford”da uni “qirol Erik”, deb atashardi. U o‘z nomiga munosib tarzda, ko‘proq tarixiy filmlarning qirol obrazlarini ijro etadi. Gollivudning bir qator kinokartinalarini futbol ixlosmandlari Kantona uchun ham ko‘radi.

0_GettyImages-1164630707

Rikki Lambert - Lavlagi qadoqlovchi
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisining bu kabi faoliyat bilan mashg‘ulligi kishini haqiqatan ham hayron qoldiradi. U o‘zi to‘p tepgan yillarda yuqori mahoratga ega futbolchi ekanligini isbotlashga ulgurgan. “Liverpul”, “Vest Bromvich” va “Sautgempton”dagi mazmunli faoliyatidan so‘ng, u o‘z yurtidagi fabrikalarning biriga lavlagi qadoqlovchi sifatida ishga kiradi. Hayot davom etishi kerak!

hd-lambert-liverpool_4xn3ncqxgmctzcho6n69t8pm

Daniel Agger - Tatuirovka rassomi
Bunaqasini kutmagandingiz-a?! Juda ko‘p evropalik futbolchilar tatuirovkalar chizdirishga anchagina qo‘rqadi. Mana shunday bir paytda, daniyalik futbolchining ushbu faoliyat bilan shug‘ullanayotgani qiziqarli holat. Har kimning qiziqishi turfa ekanligi tabiiy bir hol.

Daniel-Agger-Viking-Angel-Tattoo

Yaya Sanogo - Pochtachi
“Arsenal”ning sobiq hujumchisi Yaya Sanogo ayni payt pochtada ish yuritadi. Bu haqida futbolchining o‘zi:
“Men onamga jarohatlarimdan zerikkanim xususida aytdim va futboldan ketdim. Hozirda pochta xizmatida ishlayapman. O‘z hayotimdan mamnunman.

“Tuluza”da faoliyatini yakunlagan futbolchi 2013 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida tom ma’noda porlagan va o‘sha mavsum “Golden Boy” nomzodlari orasida qayd etilgandi. Juda mashhur pochta ishchisi!

sanogo-1170x658

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!