
Tezkor! Baqoev yana sobiq klubiga qaytmoqda
O‘tgan mavsum Pro-ligada muvaffaqiyatli ishtirok etib, yana Superligaga qaytgan “Buxoro” ortda qolgan 4 ta turdan 3 tasida mag‘lubiyatga uchradi va faqat 1 tasida g‘alaba qozondi.
SPORTS.uz’ga ma’lum bo‘lishicha, Hakim Fuzaylov “Buxoro” klubi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilishi va o‘rniga Ulug‘bek Baqoev kelishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, Fuzaylov “Buxoro”ni butkul tark etmaydi. Rahbariyat uni bosh murabbiy yordamchisi yoki maslahatchisi lavozimiga tayinlashi mumkin.
Voqealar rivojini birga kuzatamiz. Bizdan uzoqlashmang!
Fikrlar