Tezkor! Firmino Saudiya Arabistoni klubi bilan kelishuvga erishdi

  • 30 iyun, 2023, 03:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi sobiq hujumchisi Roberto Firmino faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. 

Ma’lum bo‘lishicha, forvard "Al-Ahli" klubi bilan kelishuvga erishgan. Hozircha uning yangi jamoasida qancha maosh olishi aniq emas. 

U Mersisayd klubidagi 8 yillik faoliyatidan so‘ng jamoa bilan xayrlashdi. Roberto o‘tgan mavsum APL doirasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol hamda 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygandi.


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!