Tezkor! Husanov “Manchester Siti”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzod
“Manchester Siti” klubi matbuot xizmati 2025/2026 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga yakuniy nomzodlarni e'lon qildi.
“Shaharliklar”ning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun Jeremi Doku, Niko O'rayli va legionerimiz Abduqodir Husanov nomzodlari ovoz berish uchun qo'yildi.
Joriy mavsumda 22 yoshli o'zbek himoyachisi yanvar va mart oylarida “Manchester Siti”ning oyning eng zo'r futbolchisi deb topilgan edi.


Fikrlar